Welcome to Samarqand viloyati Avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Samarqand viloyati Avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmasi Powered By GSpeech

Samarqand tumanidagi maktab o‘quvchilariga qulayliklar yaratildi.



      Samarqand tumani “Ravonak” mahallasida yashovchi fuqaro T.Iskandari va boshqalarning 2019 yilning 19 noyabr kuni Samarqand viloyati hokimi E.O.Turdimov nomiga yo‘llagan “Samarqand tumani, “Ravonak” mahallasi hududidagi 33 va 54-sonli o‘rta maktablar joylashganligi sababli, avtomobil yo‘liga svetofor o‘rnatishda amaliy yordam berish to‘g‘risida”gi murojaati Samarqand tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan ijobiy hal etildi.

      Mazkur murojaatlarda ko‘rsatilgan Samarqand tumani, “Ravonak” mahallasi hududidagi yo‘lining atrofida 33 va 54-sonli o‘rta maktablar, bolalar bog‘chasi, “Ravonak kasb hunar” kolleji va turli xil savdo markazlari joylashganligi, avtotransport vositalarining harakati serqotnovligi sababli, ushbu hududda yashovchi yoshi ulug‘ fuqarolar, maktab o‘quvchilarining yo‘lni kesib o‘tishlarida qiyinchiliklarga uchrayotganligi aniqlanib, Samarqand tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan Samarqand tumani “Ravonak” mahallasidan o‘tuvchi umumiy foydalanishdagi 4k-533 “4R45 avtoyo‘li (4 km)-Samarqand sh.-Ravonoq q.-Toyloq q.‎” avtomobil yo‘lida mahalla markazi yonida piyodalar o‘tish joyi, yo‘l belgilari va tartibga solingan svetofor qurilmasi o‘rnatib berilib, foydalanishga topshirildi.

Tugmani bosing Tinglash