Welcome to Samarqand viloyati Avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Samarqand viloyati Avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmasi Powered By GSpeech

Oqdaryo hokimi avtomobiliga «migalka» o'rnatgani uchun jarimaga tortildi


Оқдарё ҳокими автомобилига «мигалка» ўрнатгани учун жаримага тортилди

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hokimi Feruz Abilov Ne'matullayevichning davlat raqami 30 330 SAA bo'lgan «Kaptiva» rusumli xizmat avtomobili old qismiga o'zboshimchalik bilan «migalka» (stroboskop) o'rnatilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan chora ko'rish bo'yicha tuman IIB YHXB Oqdaryo tuman bo'limi boshlig'i katta inspektor leytenant N.Ibragimovga murojaat etildi. Ma'muriy huquqbuzarlik amaldor – tuman hokimining xizmat avtomobili bilan bog'liq ekanligi uchun turli bahonalar bilan inkor qilinishiga harakat sezildi.


photo5193199993484323850.jpg 

Shundan so'ng ushbu holat Samarqand viloyat IIB YHXB boshqarmasida muhokama qilindi va boshqarma rahbariyati aralashuvi natijasida huquqbuzarlik yuzasidan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

manba:http://uza.uz

Tugmani bosing Tinglash