Welcome to Samarqand viloyati Avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Samarqand viloyati Avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmasi Powered By GSpeech

 

Yo‘l-patrul xizmati xodimlari Oqsoy qishlog‘iga kirib borgan mashinalarni tekshirib o‘tkazmoqda. Asosiy dam olish maskanigacha bo‘lgan yo‘l xavfli bo‘lganligi uchun uzoqdan kelgan mashinalarni o‘tkazmayapti. Taqiqlangan hududda o‘tkazib qo‘yish uchun “Damas”lar 2-3 ming so‘mdan yo‘l haqi olmoqda. Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan mehmonlar bu yerda tartib intizom yo‘qligidan norozi.Ziyoratgohda dam olish uchun tagjoylar judda qimmat. 10 kishilik so‘rilar 150-200 minggacha to‘lovi bor.Xorazmning Xazoraspidan kelgan mehmonlar tagjoy uchun 600 ming so‘m to‘labdi.

Aytaversak, muammo bir dunyo. Mashinalar uchun maxsus joylar yo‘q. Har kim xohlagan joyga mashinasini tashlab ketgan. Shuning uchun ham tirbandlik paydo bo‘lgan. Attorlik mollari, dorivor giyohlar, diniy kitoblar, non va shirinliklarning aksariyati yerga qo‘yilib sotilmoqda, sanitariya talablariga javob bermaydi. Lekin juda qimmat.

Minglab odamlar tashrif buyuradigan ushbu ziyoratgohda qachon qulayliklar yaratiladi? Ziyoratchilar qachon yaxshi hordiq olib, dam olish kunlarini maroqli o‘tkazib ketadi?

Tugmani bosing Tinglash