Welcome to Samarqand viloyati Avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Samarqand viloyati Avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmasi Powered By GSpeech

2021 yilgacha daraxtlar kesilmaydi



        2020 yil 1 yanvardan “Yevro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni ishga tushirish, 2022 yildan “Yevro-3”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isini, 2023 yildan esa “Yevro-4”dan past ekologik toifadagi motor yoqilg‘isini “vaqtincha olib kirish” va “erkin muomala (import) uchun chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirilmaydi.

        Shuningdek, 2022 yildan zaharlilik darajasi “Yevro-4” ekologik toifa talablariga mos kelmaydigan gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan “M” va “N” toifalaridagi g‘ildirakli transport vositalaridan foydalanish va ularni sotish maqsadida «vaqtincha olib kirish» va «erkin muomala (import) uchun chiqarish» bojxona rejimiga joylashtirish man etiladi.

         Bu haqda viloyat Matbuot uyida viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Davron Ochilov ishtirokida Prezidentimizning 2019 yil 30 oktyabrdagi “2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida bildirildi.

         Farmonga asosan 2019 yil 1 noyabrdan 2020 yil so‘nggiga qadar yurtimizda daraxtlar kesilishiga moratoriy joriy etilgan. Bu davrda vakolatli davlat organlariga davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho daraxt va buta navlarini kesilishiga ruxsatnoma berish man etiladi.

        - Konsepsiyani amalga oshirish yuzasidan 2019-2021 yillarda bajariladigan ishlarning rejasi tasdiqlandi, - dedi D.Ochilov. – Bu bilan atrof-muhitga atropogen ta’sirni kamaytirishga erishib, tabiatni muhofazasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish belgilangan. Jumladan, qishloq xo‘jaligida suv resurslari yo‘qotilishini 10 foizga kamaytirish, oqava suvlarni tozalash samaradorligini 80 foizgacha oshirish, zaharli tashlamalarning atmosfera havosiga chiqarilishini 10 foizga (2,492 million tonnadan 2,243 million tonnaga) kamaytirish belgilangan. Transport vositalarining 80 foizini gaz yoqilg‘isi va elektr dvigatellariga o‘tkazish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni 3,5 foiz (1,5 million gektar)dan 12 foiz (5,4 million gektar)ga ko‘paytirish, aholi maishiy chiqindilarini to‘plash va olib ketishni to‘liq ta’minlash, chiqindilarni qayta ishlashni 65 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Matbuot anjumanida mutaxassislarga bir qator takliflar ham bildirildi va mutaxassislar jurnalistlarning savollariga batafsil javob berishdi.

O‘ktam XUDOYBERDIYeV.

Tugmani bosing Tinglash